Ikki fazali
Ikki fazali – ikki fazaga ega. Masalan: ikki fazali dvigatel.
Ikki fazali – ikki fazaga ega. Masalan: ikki fazali dvigatel.
Ikki o’lchamli – ikki o’lchovga ega.
Ikki to’rli qobiqlar – to’g’ri burchakli tarhga ega bo’lgan, binolarni yopishga mo’ljallangan qobiq ularning pastki va ustki belbog’lari qo’shimcha bog’lagichlar-panjara bilan bog’langan chorraha ko’rinishida kesishuvchi fermalar tizimidan hosil qilinadi.
Ikki tarmoqli – ikkita tarmoq, yo’nalishga ega bo’lgan narsa.
Ikki tomoni ham ham silliqlangan yog’och-tolali plita – har ikki tomoni bir xil g’adir-budirlikka ega bo’lgan holda silliqlangan yog’och tolali (yog’och qipiqli) plita.
Ikki tarafli egri qobiq – manfiy Gauss egrilik yuzasiga ega bo’lgan qobiq.
Ikki oraliqli – ikkita oraliqqa ega bo’lgan narsa.
Ikki nishabli to’sin – ustki yuzasi qarama-qarshi tomon qiyalashtirilgan to’sin; ikki qarama-qarshi tomonlar bo’yicha svodlarga (tsilindrik, gumbazli (strelchatiy), ko’p burchakli) tiraladi.
Ikki qismli yengillashtirilgan ustun – bir-biriga planka, panjara yoki boshqa yo’l bilan bog’langan ikki ustundan tashkil topgan yengillashtirilgan metall ustun.
Ikki qatlamli blok – isituvchi va izolyatsiyalovchi ikki asosiy qatlamdan tashkil topgan blok. Ikki qatlamli blaklar, asosan, yuqori namlikdagi havo va agressiv muhitga ega bo’lgan xonalar tashqi devorlari uchun mo’ljallanadi.