JABBOROV JUMANIYOZ

JABBOROV JUMANIYOZ (1930.25.10, Koson tumani) — O’zbekiston xalq shoiri (1997). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1980). ToshDU Filologiya fakultetini tugatgan (1952). «Sharq yulduzi» jurnalida bo’lim mudiri, mas’ul kotib (1953-62), «gulxan» … Read More

JABARIYLAR

JABARIYLAR (Arabcha «jabr» so’zidan — zo’rlik ishlatish, majbur qilish ma’nosida) — 7-asr oxiri — 8-asr boshida Islom ilohiyotida paydo bo’lgan oqimlardan biri. Jabariylar inson taqdirini Xudo mutlaq oldindan belgilab qo’ygan, … Read More

JABALPUR

JABALPUR — Hindistonning Markaziy qismidagi shahar, Madhya- Pradesh shtatida, Narbada daryosi bo’yida. Aholisi 740 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Savdo-sanoat markazi. To’qimachilik (ip-gazlama), keramika, yog’och-sozlik, metallsozlik, avtomobilsozlik sanoati korxonalari bor. … Read More

JABAL-DRUZ

JABAL-DRUZ, Ad-Druz — Suriya Janub va Iordaniyadagi vulkanik massiv. Eng baland joyi 1803 metr. Yon bag’ri va cho’qqilari pliosen davrida harakatda bo’lgan vulkan kraterlaridan iborat. Asosan bazaltlardan tuzilgan. Keng LAVA … Read More

JABAL MAKONI

JABAL MAKONI — mezolit, neolit va jez davri (miloddan avvalgi 7-2-ming yilliklar)ga oid makon. Turkmanistondagi Katta Bolxon tog’larida, Turkmanboshi — Ashxobod temir yo’ldagi Jabal stansiyasidan 3,5—4 kilometr Sharqdagi g’orda joylashgan. … Read More

JHANGMAGHIYONA

JHANGMAGHIYONA, jang Mahiyona — Pokistondagi shahar. Panjob viloyatida, Chinob daryosiga yaqin нerda joylashgan. Aholisi 292,2 ming kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Kiyim tikiladi, metall va teridan turli buyumlar ishlab chiйariladi. … Read More

JUFT VA TOQ FUNKTSIYALAR

JUFT VA TOQ FUNKTSIYALAR (matematika) — 1) juft funktsiya — aniqlanish sohasi nolga nisbatan simmetrik hamda f(—x)=f(x) xossaga ega bo’lgan y=f(x) funktsiya. Uning grafigi u o’qiga nisbatan simmetrik bo’ladi. Toq … Read More

JUFT

JUFT (asli «jufti gov», ya’ni qo’shho’kiz) — qadimgi yer o’lchovi sifatida ishlatilgan ibora; bir faslda bir juft ho’kiz bilan ishlov berib hosil olinishi mumkin bo’lgan yer maydonini anglatgan.

J

J — o’zbek kirill alifbosining sakkizinchi harfi. Undosh, jarangli, til oldi, portlovchi tovush. So’z boshida (jiyda, jar, jayran), o’rtasida (gijda, ajrim) va so’z oxirida (boj, toj) kela oladi. Qipchoq shevalarida … Read More