KRISHNA

KRISHNA (sanskritcha, Ayvan — qorong’u, qora) — hinduiylikda ma’buda, Xudo Vishnuning timsollaridan biri sifatida e’tiqod qilinadi. Krishna — hind folklori, xususan, «Mahabharata»ning qahramoni.

KRISA

KRISA — tarkibida oz miqdorda oltingugurt, f’osor, kremniy bo’lgan kam uglerodli g’alvirak temir; payvandlash materiali olishda ishlatiladi. G’ovaklarini shlak to’ldirib turadi. Qadimda temirchilik o’chog’ida cho’yandan ortiqcha uglerod va boshqa aralashmalarni … Read More

KRIZIS

KRIZIS (Yunoncha krisis — burilish, oqibat) — vaziyatning keskinlashuvi, birdan, to’satdan yuz bergan o’zgarish, tang va xatarli, mushkul ahvol.

KRIVOY ROG

KRIVOY ROG — Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi shahar (1919 yildan), Ingules daryosining bosh qismida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 711 ming kishi (1997). Krivoy Rog temir ruda havzasi markazi. Kon boyitish kombinatlari, … Read More

KRESTOVIY DOVONI

KRESTOVIY DOVONI, gudauri Dovoni — katta Kavkazning Suvayirg’ich tizmasi orqali Terek Daryosi vodiysidan Aragvi daryosi vodiysiga o’tiladigan dovon. Balandligi 2379 metr. Krestoviy dovoni orqali Gruziya harbiy yo’li (Vladikavkaz — Tbilisi) … Read More

KREDITOR

KREDITOR (inglizcha creditor) — ssuda bergan va shu sababli debitordan uni o’z vaqtida qaytarishi yoki boshqa majburiyatlarni ijro etishni, birinchi navbatda foizlar to’lashni talab qilish huquqiga ega bo’lgan sub’yekt (yuridik … Read More

KREDIT

KREDIT (lotincha credit — ishonmoq) — buxgalteriya hisobvaraqlarining o’ng tomoni. Aktiv hisobvaraqlarda Kreditdagi yozuvlar mablag’larning kamayishini, passiv hisobvaraqlardagi yozuvlar ko’payishini ko’rsatadi. Hisobvaraqning chap tomoni debet deb ataladi.

KREATIN

KREATIN (Yunoncha kreas — go’sht, et) -organik modda. Molekulyar modda 131,14, suyuqlanish temperaturasi 315°. Suvda va spirtda eriydi, efirda erimaydi. Umurtqali hayvonlar va odamning muskul to’qimasida (ayniqsa, ko’ndalang targ’il muskullarda) … Read More

KRASNOGORSK

KRASNOGORSK — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1940 yildan). Banka daryosi vodiysida, Moskvadan 22 kilometr g’arbda. Temir yo’l stantsiyasi (Pavshino). Aholisi 91 ming kishi (1998). Foto va kino apparatlari, qurilish … Read More

KRASNOVODSK ZILZILASI

KRASNOVODSK ZILZILASI -Turkmanistonning Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi) shahrida 1895 yilda ro’y bergan o’ta kuchli zilzila. Krasnovodsk zilzilasining magnitudasi Rixter shkalasi bo’yicha M-8,2, MSK-64,12 balli shkala bo’yicha uning kuchi 10 ballga teng … Read More