Kiyev universiteti

Kiyev universiteti, T. G. Shevchenko nomidagi Kiyev universiteti — Ukrainaning yirik universitetlaridan biri, ilmiy markaz. 1834 yil Kiyev shahrida tashkil etilgan. 1939 yil T.G.Shevchenko nomi berilgan. Matematika, fizika, kimyo, biologiya, … Read More

Kiyev knyazligi

Kiyev knyazligi — Kiyev yeri hududidagi qadimgi rus davlati (1130 yildan). Markazi — Kiyev shahri. Qadimgi Rus davlatining parchalanishi jarayonida vujudga kelgan. Ba’zan Vladimir-Suzdal, Chernigov, Smolensk, Galichvolin Knyazliklari qaramligida bo’lgan; … Read More

Kibela

Kibela — frigiyaliklar ma’budasi. Tabiatning ishlab chiqaruvchi kuchlari timsoli hisoblangan hamda «Buyuk ona» yoki «Ma’budlar onasi» deb ulug’langan. Kibelaga e’tiqod qilish kichik Osiyo, Yunoniston, Italiya, keyin butun Rim imperiyasiga tarqaldi … Read More

Kyoler (Kdhler) Georg

Kyoler (Kdhler) Georg (1946 yil) -nemis biokimyogari. Frayburg (Germaniya) va Bazel (Shveytsariya) universitetlarini tugatgan. M.Planke jamiyati immunobiologiya instituti direktori (1985 yildan). Immunoglobulin genlarining ekspressiyasi ustida tadqiqot olib borgan. Monoklon gibridomalar … Read More

Kechkemet

Kechkemet — Vengriyaning markaziy qismidagi shahar. Bach-Kishkun medesining ma’muriy markazi. Dunay va Tisa daryolari oralig’ida. Aholisi 105 ming kishi (1997). Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik (jumladan, qishloq xo’jalik mashinasozligi, radiotexnika, stanoksozlik), … Read More

Ketmontov

Ketmontov — Tyanshandagi tog’ tizmasi. G’arbiy qismi Qirg’iziston Respublikasi, Sharqiy qismi Xitoy hududida. Uzunligi 300 kilometr, balandligi 3638 metrgacha (Osmontog’). Granit, ohaktosh va porfirdan tarkib topgan. Tog’ tepalari yassi, shimoliy … Read More

Keson-Siti

Keson-Siti — Filippindagi shahar, Luson orolida. Aholisi 2,16 million kishi (2000). Iqlimi mussonli tropik iqlim. Yillik o’rtacha yog’in 2167 mm. Shahar 1939 yildan qurila boshlagan. Filippinning birinchi prezidenti Manuel Keson … Read More

Kern

Kern (nemischa kern) — kolonkali burg’u kovaklari (quduqlari)dan olinadigan tsilindr shaklidagi yaxlit tog’ jinsi namunasi. Kern yordamida tog’ jinsining tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari, yotish burchaklari aniqlanadi. Kovlangan bir necha … Read More

Keratoplastika

Keratoplastika (Yunoncha keras — shox, muguz va plastika) — xiralashgan ko’z muguz (shox) pardasini sog’lom parda bilan almashtirish. V.P.Filatov tavsiya etgan plastik operatsiya. Bunda muguz pardaning oq tushib xiralashib qolgan … Read More

Keratomalyatsiya

Keratomalyatsiya (Yunoncha keras — shox, muguz va malakia — yumshokushk) — ko’z shox (muguz) pardasining yemirilishi. Ko’proq yosh bolalarda uchraydi va organizmda oqsil, A vitamin, yog’ moddalari yetishmasligi natijasida kelib … Read More