Konyokli arka
Konyokli arka – nishabli tom yopmasining konyok qismini hosil qiluvchi arka.
Konyokli arka – nishabli tom yopmasining konyok qismini hosil qiluvchi arka.
Konyok vantasi – nishabli osma tomlarda yopma uchini hosil qiluvchi qism (vanta).
Konduktor (tutqichga doir) – 1) poyezlarni kuzatuvchi, transportda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi xodim; 2) mashinasozlikda burg’ulash yoki frezalash mashinasida teshiklarni qayta ishlashda ishlatiladigan dastgoh turlaridan biri; 3) burg’ulash suyuqligining tushishi yoki … Read More
Konditsioner (havo sovutgich) – qurilish inshootlari binolarida, transport vositalari va boshqa jihozlarda optimal iqlim sharoitlarini saqlash uchun qurilma. Oddiy shaklda konditsioner xona haroratini tartibga solish va saqlash uchun mo’ljallangan. Masalan: … Read More
Kondensatsiyalash (suyuqlikka aylantirmoq) – sovutish yoki siqish orqali gazsimon holatdan suyuq yoki qattiq holatga o’tkazish.
Kondensatsiya (suyuqlikka aylanish) – ko’p miqdorda to’planish. Masalan: namlikning kondensatsiyasi.
Kondensat (quyultirma) – suyuqliklar bug’ holatining kondesatsiyasi mahsuloti, ya’ni soviganida moddaning gazsimon holatdan suyuq holatga o’tishi. Boshqacha qilib aytganda, kondensat bug’ yoki gaz kondensatsiyasi natijasida hosil bo’lgan suyuqlik.
Kondensator – 1) biror narsani kondensatsiyalash moslamasi; 2) sig’imning doimiy yoki o’zgaruvchan qiymati va past o’tkazuvchalanlikka ega bo’lgan ikki terminalli tarmoq; elektr maydonining zaryadi va energiyasini to’plash uchun qurilma. Masalan: … Read More
Konglomerat – 1) turli jinsli narsaning mexanik bog’lanishi, tartibsiz aralashmasi; 2) turli minerallardan tashkil topgan, boshqa jinslar bilan bog’langan tog’ jinsi.