Kichik vanna
Kichik vanna – suv odamning soniga yetib boradigan sayoz vanna; odam bu vannada faqat o’tirgan holda cho’milishi mumkin.
Kichik vanna – suv odamning soniga yetib boradigan sayoz vanna; odam bu vannada faqat o’tirgan holda cho’milishi mumkin.
Kichik bosqichli – kichik bosqichlardan iborat.
Kichik belbog’ – bino fasad qismini balandlik bo’yicha ajratuvchi karniz.
Kitoba – binolar bezagidagi yozuvli namoyon, bir hikmat yoki tarix sanasi yozilgan joy. Ko’pincha peshtoq tepasidagi ko’ndalang yozuv qatori, bag’dodi eshiklarning tepa qismidagi yozuvli taxtacha shunday ataladi.
Kislotali beton korroziyasi – beton tarkibiy qismlarning kislotalar bilan o’zaro ta’siri natijasida buzilishi (yemirilishi). Kislotalar tsement tosh va karbonatli to’ldiruvchilarni buzishi (yemirishi) mumkin.
Kislorodbardoshli qorishmalar – kaliy yoki natriyning eruvchan silikatli ko’rinishidagi bog’lovchidan tashkil topgan qorishma bo’lib, u qotishni tezlashtiradi o’z tarkibiga kislotabardosh to’ldiruvchilar-changsimon to’ldirgich va qum (chaqiq tosh)ni kiritadi.
Kislorodbardosh g’isht – suyuq va gazsimon holatdagi turli kimyoviy reagentlar ta’siriga uzoq vaqt bardosh bera oladigan, qo’shimchali yoki qo’shimchasiz loydan yasalgan sun’iy keramik qurilish materiali.
Kislorodbardoshli (kislotaga chidamli) – materialning kimyoviy tarkibi, kislotalar ta’siriga qarshi turish qobiliyatini ifodalaydi (Noorganik va organik kislorodli va kislorodsiz, bir asosli yoki undan yuqori asosli kontsentratlangan yoki suyultirilgan eritma holatida). … Read More
Kislorod – (kimyoviy belgisi-O, lotincha: oxygenium) kimyoviy faol nometall, 16-guruh kimyoviy elementi, D.I.Mendeleyev davriy tizimining ikkinchi davri, atom raqami 8. Molekulasi ikki atomdan iborat, rangsiz, ta’msiz va hidsiz gaz (formulasi-O2).
Kirishishlik – materialning quritish, sovutish, qotish va hokazolarda hajmini kamaytirish va zichligini oshirish xususiyati.