Karyer (ochiq kon)
Karyer (ochiq kon) – foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oluvchi kon korxonasi. Masalan: xarsangtosh-shag’al koni, loy koni, shag’al-chaqirtosh koni, shag’al koni, ohak-tosh koni, bo’r koni, qum koni va hokazolar.
Karyer (ochiq kon) – foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oluvchi kon korxonasi. Masalan: xarsangtosh-shag’al koni, loy koni, shag’al-chaqirtosh koni, shag’al koni, ohak-tosh koni, bo’r koni, qum koni va hokazolar.
Karton (qalin qog’oz) – sun’iy mahsulot, asosan, maxsus qayta ishlangan o’simlik tolalaridan iborat bo’lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog’langan, ular qayta ishlash jarayonida tolalar o’rtasida paydo bo’ladigan yopishish kuchlari bilan … Read More
Karst (o’pqon) – suvda eruvchan cho’kindi jinslarning ohaktosh, gips holati, ular yer osti suvlarining o’ziga xos aylanishi bilan voronka, g’or va chuqurliklar shakllanishida ifodalanadi.
Karniz (peshtoq, araqi) – devorning turtib chiqqan gorizontal profil qirrasi, uning qismlarini biriktirib turuvchi. Karnizning maqsadi-devor, tomdan oqayotgan suvni yo’naltirish. Karniz estetik ahamiyatga ega-u devorni tugatadi, devordan tomga o’tishni tashkil … Read More
Karnay ustun – karnay shaklini eslatuvchi ustun. Xivadagi Juma masjidi tepaga kengayib boruvchi, xususan, kallagi alohida shakldagi juda qadimgi ustunlar saqlanib qolgan.
Karkas-panelli konstruksiyalar – karkasning yuk ko’taruvchi elementlari (temir-beton yoki po’lat ustunlar va to’sinlar) va chegaralovchi konstruksiyalari (devor panellari, qavatlararo va tom yopmalari plita va panellar)dan iborat konstruksiyalar. Asosan, ko’p qavatli … Read More
Karkasli parda devor – karkas (yuk ko’taruvchi qism), to’ldirma va qoplama kabi elementlardan tashkil topgan parda devor.
Karkasli binolarning bog’lanish kompanovkasi – ustunlar va qoplama ulanishlari orasidagi turli xil vertikal ulanishlarni optimal joylashtirish, tekis ramkalarni, unga ta’sir quluvchi yuklarning tabiati va turini hisobga olgan holda, qattiq bo’shliqqa … Read More
Karkas kompanovkasi – hisoblash oldidan bajariladigan yuk ko’taruvchi elementlar va bog’lanishlarning ratsional sxemalarini tuzish. Ular asosida hisoblash sxemalari tuziladi va zarur hollarda u bajarilgandan so’ng aniqlashtiriladi.
Kariatida – ayol qiyofasidagi haykal-ustun. Qadimgi Yunon me’morligining noyob namunalari saqlanib qolgan. Markaziy Osiyo binolarida ham yog’och haykal-ustunlar bo’lgani ma’lum. Panjakent xarobalaridan ayol shaklidagi yog’och ustun qoldiqlari topilgan.