Millimetr

Millimetr (milli… va metr) — uzunlik birligi. Metrning mingdan bir ulushiga teng. Qisqacha mm bilan belgilanadi. 1 millimetr=0,1 santimetr=0,001 metr.

Mimas

Mimas — Saturn sayyorasining eng yaqin yo’ldoshi. 1789 yilda ingliz astronomi V. Gershel aniqlagan. Diametri 500 kilometrga yaqin. Sayyoradan o’rtacha uzoqligi 185400 kilometr bo’lib, uning atrofini 22 soat 32 minutda … Read More

Mineral xom ashyo

Mineral xom ashyo — Konchili tovar mahsuloti. Mineral xom ashyoga mineral resurslarni o’zlashtirish jarayonida yer qa’rida qazib olingan va ishlov berilgan foydali qazilmalar kiradi.

Mineralogik qattiqlik shkalasi

Mineralogik qattiqlik shkalasi — minerallar nisbiy kattiqligining 10 balli shkalasi, minerallarning mexanik mustahkamligini o’zaro tirnash metodi bilan taxminiy aniqlashda qo’llaniladigan etalonmineral.

Miniatyura

Miniatyura (adabiyot, teatr, estrada, tsirkda) — kichik hajmli badiiy asar, janr. Unga kichik hikoya, intermediya, vodevil, kulgi-hikoya, xoreografik yoki musiqaviy sahna, monolog, qiziqchilik va boshqalar kiradi.

Minimetr

Minimetr (lotincha minimus — eng kichik va … metr) — mashina detallari, kalibr va boshqalarning chiziqli o’lchamlarini o’lchashda qo’llaniladigan asbob. Asosan, richag va mil (strelka)dan iborat. Minimetrdagi xatolik ± 0,0005 … Read More

Minimum

Minimum (lotincha minimum — eng kam, eng kichik) — eng kam (kichik) miqdor (kattalik)ni, eng kichik hajm, eng past chegara, quyi darajani ifodalaydigan tushuncha; maksimum tushunchasining aksi.

Minorka

Minorka — serpusht tovuq zoti. Ispaniyada (Minorka orolida) yetishtirilgan. Sovuqqa chidamsiz. Toji bargsimon, katta. Oyoqlari kulrangchipor. 5-5,5 oyligida tuxumga kiradi, yiliga 150-180 tuxum qiladi. Tuxumi 60—65 gramm. Ko’pgina mamlakatlarda, shu … Read More