Mirzo

Mirzo (Arabcha-forscha — amirzoda, Amir avlodi) — Movarounnahrda 14-asrning so’nggi choragi — 15-asrlarda Amir Temur avlodlari — temuriy shahzodalar ismiga qo’shib aytilgan unvon, Amirzodaning qisqartirilgan shakli (masalan, Jahongir Mirzo, Bobur … Read More

Missiya

Missiya (lotincha missio — jo’natmoq) — 1) muayyan topshiriq bilan boshqa mamlakatga yuborilgan vakillar; 2) bir davlatning boshqa davlatdagi (elchixonadan farqli ravishda) vakili tomonidan boshqariladigan doimiy diplomatik vakolatxonasi.

Miting

Miting (inglizcha Meeting — uchrashmoq, yig’ilishmoq) — muhim voqea, ko’pincha siyosiy masalalarni muhokama qilish uchun o’tkaziladigan ommaviy yig’ilish.

Mitra

Mitra — qadimda Hindiston, Eronda bosh xudolardan biri. Mitraga yorug’lik, pokizalik va haqiqat xudosi sifatida e’tiqod qilingan. Miloddan avvalgi 6-asrdan Mitraga sig’inish kichik Osiyo hamda Furot va Dajla daryolari oralig’ida … Read More

Mitti yulduzlar

Mitti yulduzlar, karlik yulduzlar — o’rtacha kattalikdagi yulduzlardan ko’ra kichik va unchalik yorug’ bo’lmagan yulduzlar. Mitti yulduzlarning ko’pchiligi Gersshprung — Ressell diagrammasadagi asosiy chiziqning pastki kismida joylashgan. Mitti yulduzlarning o’rtachazichligi … Read More

Misar

Misar — katta ayiq yulduz turkumidagi yulduz. U uchta kichik yulduzdan tashkil topgan, ko’rinma yulduz kattaligi 2,0. Yorqinligi Quyoshnikidan 74 marta kuchlidir. Quyoshdan uzoqligi 27 parsek. Misar komponentlaridagi spektr chiziqlarining … Read More

Moddiy yordam

Moddiy yordam — korxona va muassasalarning muhtoj xodimlarga, mahallalarning muhtoj fuqarolarga yoki boshqa shaxslarga buyum yoki pul shaklida ko’rsatadigan yordami. Ijtimoiy himoya tadbirlariga kiradi.

Modernizatsiya, modernizasiyalash

Modernizatsiya, modernizasiyalash (Fransuzcha moderne — eng yangi, zamonaviy) — biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o’zgartirish. Modernizatsiyada mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika … Read More