Monoplan

Monoplan (mono… va lotincha Planum — tekislik) — bir qanotli samolyot. Qanoti yupqa va yassi bo’lganligi uchun u tekislik deb atalgan. Qanotning fyuzelyajga nisbatan o’rnatilish usuliga ko’ra, Monoplan yuqoriplan, o’rtaplan … Read More

Monosemiya

Monosemiya (mono… va Yunoncha Sema — belgi), bir ma’nolilik — so’zlarning matnida ham, matndan tashqarida ham faqat bitta ma’noga ega bo’lishi. Ilmiy-texnik terminlar, kasb-hunar so’zlari, ayrim yakka tushunchalarni ifodalovchi so’zlar … Read More

Monoteizm, yakka xudolik

Monoteizm, yakka xudolik (mono … va Yunoncha treos — Xudo) — yagona Xudo haqidagi tasavvurlarga asoslanuvchi diniy e’tiqodlar. Ko’p xudolik (polite izm)ning aksi. Xristianlik, iudaizm va Islom Monoteizmga asoslangan dinlardir.

Monoxromatik yorug’lik

Monoxromatik yorug’lik (mono… va Yunoncha chromatos — rang) — muayyan va o’zgarmas chastotali elektromagnit to’lqin. Yorug’lik to’lqinlarining o’zaro farqi tufayli bu yorug’lik odamning ko’ziga turli ranglarda bo’lib ko’ringanligidan shunday atalgan. … Read More

Monoxromiya

Monoxromiya (mono… va Yunoncha chroma — rang) — san’at asarining rang (kolorit) echimi; biror-bir rangning bir tus yoki uning tuslanishi (bir rangga bo’yash)ga asoslanadi. Masalan, grizayl.

Monument

Monument (lotincha Monumentum — yodgorlik) — yirik tarixiy voqea, buyuk jamoat arbobi va boshqalar sharafiga bunyod etilgan yirik hajmdagi yodgorlik, haykal. Odatda Monument me’moriy ansamblda g’oyaviy va hajmli kenglikning asosini … Read More

Moratoriy

Moratoriy (lotincha moratorius — sekinlatuvchi, muddatni orqaga suruvchi) — muayyan majburiyat va xarakatlarning ijro etish muddatini hukumat tomonidan ma’lum vaqtga uzaytirish, to’xtatib qo’yish (masalan, yadro qurollari sinovi Moratoriyi.). Biror favqulodda … Read More

Morganida

Morganida (inglizcha Morgan-unit. Amerika biologi T. X. Morgan ismidan) — 1% krossingover chastotasi bilan ifodalanuvchi ikki gen lokusi orasidagi genetik masofaning o’lchov birligi. Xromosomalar genetik xaritasini tuzishda qo’llanadi.

Morenali landshaft

Morenali landshaft — yer yuzasini morena yotqiziqlari qoplab yotgan joylar landshafti. Morenali landshaftda morena tepalari, ular orasida soyliklar, yirik g’o’latoshlar, soyliklarda ko’llar, botqoqliklar bo’ladi.