Navo

Navo (Nova) — yarim yoy shaklidagi bezak turi; Shift bilan devor oralig’idagi qayrilma egik shaklli hoshiya bezak. Milliy me’morlikda binolarning ichki va tashqi qismini bezashda ishlatiladi. Zamonaviy binolarning tashqi qismida … Read More

«Navoiy», Navoiy yubileyi

«Navoiy», Navoiy yubileyi — yuqori sifatli meva beradigan serhosil o’rik navi. Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida Arzami, Gulungi navlarini chatishtirib yaratilgan (K. V. Vasilev va L. … Read More

Navro’z, duragay 2826

Navro’z, duragay 2826 — kechpishar o’rik navi. Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida duragaylash (kechki Samarqand x ruxi juvanon x Yoshlik) yo’li bilan chiqarilgan (K. V. Vasilev, … Read More

Navroskiy Yevgeniy Lvovich

Navroskiy Yevgeniy Lvovich (1886, Kiyev -1921.1.2, Toshkent) — selektsioner olim, O’zbekistonda o’rta tolali g’o’zaning dastlabki selektsiya navlarini yaratgan. Andijon tajriba dalasi selektsioneri (1912-20). Russel va Triumf Amerika g’o’za navlaridan ko’p … Read More

Nagalar

Nagalar — Hindistondagi xalqlar guruhi (AO, sema, angama va boshqalar). Nagalend shtatining asosiy aholisi. Manipur va Assom Shtatlari, shuningdek, Myanma (100 ming kishidan ko’p)ning qo’shni rayonlarida yashaydilar. Umumiy soni 2 … Read More

Navtaka, Navtoqa

Navtaka, Navtoqa — qadimgi Sug’d viloyati. Nomi ehtimol sug’dchada «yangi toq», «yangi inshoot» yoki «yaqinda qurilgan»ni bildiradi. Navtaka Aleksandr (Iskandar)ning O’rta Osiyoga qilgan yurishi (miloddan avvalgi 329-327 yillar) davri haqidagi … Read More

Navro’zgul

Navro’zgul (Primula) — Navro’zguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. Yer yuzida 500 dan ortiq, O’zbekistonda 10 turi uchraydi. Dorivor Navro’zgulning bo’yi 15-30 santimetr. Ildiz oldi barglari tuxumsimon, cheti to’mtoq … Read More

Naddof

Naddof (Arabcha — taramoq, titmoq) — o’rta asrlarda paxta yoki jun tituvchi, savalovchi kishi. O’rta Osiyoning yirik shaharlarida alohida mahallalarda yashagan. Ularning mehnati, asosan, kalavachilik — ip yigiruvchilarga paxtani chigitdan … Read More

Nagpur

Nagpur — Hindistonning markaziy qismidagi shahar. Maharashtra shtatida, Nag daryosi bo’yida. Aholisi 1,96 million kishi (2001); asosan hindi, Marathi tilida so’zlashadi. Muhim savdo-transport tuguni. Mumbay — Kalkutta temir yo’l va … Read More

Najdak

Najdak (turkiycha) — mayda va yupqa donador kristallardan iborat tog’ jinsi. Boksitlarning metamorfizmga uchrashidan hosil bo’ladi. Najdak tarkibidagi korund boshqa minerallar (magnetit, xlorit, gematit, kvars va mo’rt slyudalar va hokazolar) … Read More