Nazarov Mavlon Xudoyberganovich

Nazarov Mavlon Xudoyberganovich (1910.15.6, Chimkent viloyati Turkiston tumani — 2000.31.3, Toshkent) — tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1970). Tarix fanlari Doktori (1963), professor (1965). SamDU ni tugatgan (1936). … Read More

Najd

Najd — Saudiya Arabistonidagi viloyat. 5-6-asr o’rtalarida arablarning kinda qabilasi qo’l ostida bo’lgan. 7— 9-asrlarda Arab xalifaligi, keyinchalik Arabiston yarim orolida mavjud bo’lgan davlatlar tarkibida. 18-asrda vahhobiylar harakati markazi bo’lgan. … Read More

Nagano

Nagano — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining Markaziy qismida, Tikuma daryosi vodiysida. Nagano prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 360,1 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Qishloq xo’jaligi (bog’dorchilik, gulchilik, sut chorvachiligi) rayonnining … Read More

Navro’z

Navro’z (1922 yilgacha Yangiobod) — Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi qishloq, tuman markazi. 1980 yilda tashkil etilgan. Viloyat markazi va yaqin temir yo’l stantsiyasi Gulistongacha 12 kilometr. Aholisi 1200 kishi (1998). … Read More

Navbahor

Navbahor — Namangan viloyati Pop tumanidagi shaharcha (1979 yil 15 dekabrdan). 1972 yilda, Namangan — Qo’qon avtomagistrali yonida, cho’lda, qum barxanlari orasida vujudga kelgan. Tuman markazidan 25 kilometr, viloyat markazidan … Read More

Navbahor

Navbahor — Farg’ona viloyati Furqat tumanidagi qishloq. Tuman markazi. Temir yo’l stantsiyasi — Yaypan. Navbahordan Farg’onagacha 105 kilometr. Aholisi 3,1 ming kishidan ziyod (2003). So’x soyidan suv oladi. Navbahorda tuman … Read More

Naxshabiy Abu Turob

Naxshabiy Abu Turob (? — 850, Qarshi) — tasavvuf shayxlaridan biri. Piri murshid darajasiga erishgan. U tasavvufning muhim shartlaridan biri bo’lgan nafs va kibrni jilovlashning inson hayotidagi ahamiyatini ko’rsatgan. Alisher … Read More

NOMINAL QIYMAT

NOMINAL QIYMAT, nominal (lotincha nominalis — nomi yozilgan) — pul belgilari, banknotlar va qimmatli qog’ozlarning ustiga yozib qo’yilgan qiymati, narxi. Qimmatli qog’ozlar kursi Nominal qiymatdan chetga chiqishi mumkin.

Nitroloklar

Nitroloklar — nitrosellyuloza asosida olinadigan loklar. Tarkibida tabiiy va sun’iy smolalar, plastifikatorlar, erituvchilar va boshqalar bo’ladi. Metall va yog’och buyumlar, teri va boshqalarni bo’yashda, emal bo’yoqlar (nitroemallar) tayyorlashda qo’llanadi. Nitroloklarni … Read More

Nisbiy balandlik

Nisbiy balandlik — yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi tik balandlik, u mutlaq balandliklar orasidagi farqqa teng. Masalan, tog’ cho’qqisi bilan yaqin joylashgan vodiy tubi orasidagi tik balandlik yoki dars ikki … Read More