NATURA SHAKLIDAGI ASOSIY TRANSFERT
NATURA SHAKLIDAGI ASOSIY TRANSFERT — agar transfertda mulk aktiv uchun berilsa, natura shaklidagi asosiy transfert ro’y bergan bo’ladi. Bundan moddiy aylanma vositalar zaxirasi mustasnodir.
NATURA SHAKLIDAGI ASOSIY TRANSFERT — agar transfertda mulk aktiv uchun berilsa, natura shaklidagi asosiy transfert ro’y bergan bo’ladi. Bundan moddiy aylanma vositalar zaxirasi mustasnodir.
NATURA SHAKLIDAGI BOSHQA IJTIMOIY TA’MINOT NAFAQALARI — nafaqalar natura shaklidagi ijtimoiy transfertlarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy ta’minot jamg’armalari tomonidan uy xo’jaliklariga to’lov sifatida berilgan nafaqalar bundan mustasnodir.
NATURA O’LCHOVI — hisobga olinayotgan narsaning harakatini, masalan, material, mahsulot va boshqalami natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Turli xil xo’jalik mablag’larini qo’shishda natura o’lchovidan foydalanilmaydi.
NARXSIZ RAQOBATLASHUV — raqobat kurashining bir turi, u tovarlarning texnik tasnifi va uning xossalarini (sifatini oshirish, qo’shimcha xizmatlarni taklif etish, dizayn va h.k.) o’zgartirish orqali amalga oshiriladi, shuningdek, unda reklama … Read More
NARXSIZ RAQOBAT — narxga tegmay raqobatlashuv (mahsulot sifati, o’rami, savdo xizmati, rag’batlantirishni oshirish, yuqori texnologiyani o’zlashtirish, savdo taqsimoti va siljitishni yaxshilash va boshqalar).
NARXNING QAYD QILINISHI — raqib korxonalarining o’zaro kelishib, o‘xshash tovarlarga bir xil narx belgilashi.
NARXNI O’ZGARTIRMAY RAQOBATLASHUV — o’z tovarlarini sotish shart-sharoitini xaridor uchun qulaylashtirib, raqibni bozordan surib chiqarish.
NARX-NAVO — tovarlar narxlari, xizmatlar tariflari, to’lovlar, kreditlar, sug’urta foizlari (stavkalari) va narxningboshqa ko’rinishlari hamda ularning harakati.
NARXNI O’ZGARTIRMAY RAQOBATLASHUV — bozordagi raqobat usuli, o’z tovarlarini sotish shart-sharoitini xaridor uchun qulaylashtirib, raqibni bozordan siqib chiqarish.
NARXLAR KORREKTIROVKASI — bozor vaziyati o’zgarishiga narxlarning moslashuv jarayoni.