Obidiy Ismoil Yeldinovich

Obidiy Ismoil Yeldinovich (1880, G’ulja — 1941/42, Krasnoyar o’lkasi) — jurnalist, jamoat arbobi, o’zbek davriy matbuotining asoschilaridan biri. G’uljadagi Rossiya elchixonasi xodimi oilasida tug’ilgan. Otasi vafotidan keyin 1890 yilda onasi … Read More

Ochilov Ro’zimurod

Ochilov Ro’zimurod (1926.11.5, Kattaqo’rg’on tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2002). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1963). 1950— 59 yillarda Kattaqo’rg’on tumanidagi 8-, 23-maktabda jismoniy tarbiya, harbiy ta’lim, 1959 yildan 10-maktabda … Read More

Ochoa (Ochoa) Severo

Ochoa (Ochoa) Severo (1905.24.9, Luarka, Ispaniya — 1993.11.1, Madras) — amerikalik biokimyogar, AQSh milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1957), tibbiyot doktori. Madrid universitetini tugatgan (1929). 1940 yildan AQShda. Ilmiy faoliyati nuklein … Read More

Ochiq shahar

Ochiq shahar (xalqaro huquqda) — urushayotgan tomonlardan biri himoyasiz deb e’lon qilgan shahar. Ochiq shahar harbiy harakatlar maydoni bo’lishi mumkin emas. Ochiq shaharning huquqiy maqomi 1907 yil Gaaga konferentsiyasida qabul … Read More

Oshanin Lev Vasilevich

Oshanin Lev Vasilevich (1884.7.3 -Toshkent — 1962.9.1) — antropolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1959). professor (1935), biologiya fanlari doktori, (1939). O’rta Osiyo universiteti antropologiya kafedrasi mudiri (1939-60). O’rta Osiyo … Read More

Oshkoralik

Oshkoralik — demokratiyaning zarur sharti; jamoatchilikka muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatiga oid barcha ma’lumot, xabarlarni bilish, muhokama va nazorat etish uchun ro’y-rost e’lon qilish. Turli darajadagi rahbarlarning jamoatchilik bilan … Read More

Oshxona

Oshxona — so’nggi mezolit davri manzilgohi. Sharqiy Pomirdagi Mirkansuv daryosining o’ng irmog’i havzasida, Uysu muzligi (Tojikiston)dan 12 kilometr uzoqlikda (dengiz sathidan 4100 metr balandlikda) joylashgan. Tosh qurol ishlaydigan ustaxona va … Read More

Oq kapalaklar

Oq kapalaklar (Pieridae) — kunduzgi kapalaklar oilasi. Yozilgan qanotlarining uzunligi 8 santimetrgacha, ko’pincha oq, sariq yoki alvon rangli qora dog’lari bor. Qurtlari yashil yoki olachipor rangli, tanasi qalin va kalta … Read More

Oq tol

Oq tol (Salix alba L.) — toldoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt. Novdalari to’g’ri, egiluvchan, bargi ingichka (1-3 santimetr), uzun (5-15 santimetr), cheti arra tishli, ikkala tomoni kumushrang tuklar bilan qoplangan. … Read More

Oq she’r

Oq she’r — sillabik va silla-biktonik sher tizimidagi misralari o’zaro qofiyalanmagan she’r turi: qofiyasiz she’r. Oq she’r shoirga o’z fikri va hissiyotini to’laroq ifodalash imkonini beradi va undagi ritmik izchillik … Read More