Och gaza
Och gaza – tog` ustidagi botiq, o`yiq reylef shakllari.
Och gaza – tog` ustidagi botiq, o`yiq reylef shakllari.
Oftobro` — quyoshga ro`para (kungay) tomon, yonbag`ir, shimoliy yarim shardagi tog`larning janubga qaragan yonbag`ri.
Otonoq— har yer-har yerda kichik-kichik do`ngchalari bo`lgan tekislik.
Otqindi tog` jinslari – yer yuzasiga oqib chiqqan magmaning qotishidan hosil bo`lgan magmatik tog` jinslari. Effuziv tog` jinslari ham deyiladi.
Ota (turklarda — ada) — orol. Joy nomlari tarkibida uchraydi. Masalan, Kaspiy dengizidagi Qamishliota.
Ost-Indiya (inglizcha Sharqiy Hindiston)- Hindiston hamda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ba’zi mamlakatlar hududining yevropaliklar O`rtasidagi eski nomi. Vest-Indiya atamasining aksi sifatida vujudga kelgan.
Ost (nemischa)-sharq. Qisqa shaklda O harfi bilan belgilanadi.
Osma muzlik – tik tog` yonbag`rida sayozroq chuqurlikda duppayib turgan muzlik; tog` etagiga yetmasdan balandroqda «osilib» turadi.
Osilma muzlik – tik tog` yon bag`irlarida sayoz botiqlarda joylashgan muzlik.
Osilma — tog`larda katta qiyalikda ilon izi bo`lib ko`tariladigan yo`l, so`qmoq. «Piyodalar aylanib yurmasdan osilmadan chiqib qo`ya qoladi», «Osilmadan chiqsangiz, shunday qishloqqa kirasiz», deydilar.