Odobli
Odobli-jamiyatda qabul qilingan axloqiy-huquqiy me’yorlarga amal qiluvchi shaxs.
Odobli-jamiyatda qabul qilingan axloqiy-huquqiy me’yorlarga amal qiluvchi shaxs.
Odob (arabcha adab so’zining ko’pligi)-jamiyatda qabul qilingan axloqiy-huquqiy me’yorlar.
Odat-o’quvchi yoki talaba uchun o’rganish bo’lib qolgan va muayyan vaziyatda bajarish uchun ehtiyojga aylangan xatti-harakat.
Odamiylik-chin insoniy xislatlarga egalik.
Ovropa tarbiyasi nazariyasi-G’arbiy Ovropaning pedagogik hamdo’stlik nazariyasi.
Ob’yektivlik-1) pedagogik tushuncha va hodisalarning haqqoniy ifodasi; 2) narsa va hodisalarning haqqoniy mavjudligi, ularning to’g’ri fan tushunchalari asosida izohlanishi, fikrning misollar, daliliy materiallar, teorema va formulalar bilan isbot qilinishi.
Ob’yektiv munosabatlar-matematik fizik, fiziologik, ijtimoiy pedagogik aloqalarning miqdoriy va sifat jihatidan namoyon bo’lishi.
Ob’yekt-shaxsning amaliy va bilish faoliyati qaratilgan ob’yektiv reallik. Bizdan tashqari va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqelik moddiy dunyo, mavjudot. Kishi faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, predmet, shaxs.
Obrazli (timsolli) xotira-ko’rish, eshitish va tasavur etishning boshqa omillari asosida insonga eslash va ongda qayta tiklash imkonini beruvchi xotira turi.