O’g’lon
O’g’lon-mo’g’ulcha so’z bo’lib, taxt vorisi, shahzoda degan ma’noni anglatgan.
O’g’lon-mo’g’ulcha so’z bo’lib, taxt vorisi, shahzoda degan ma’noni anglatgan.
O’g’uzxon-barcha turkiy-mo’g’ul qabilalarining afsonaviy asoschisi.
O’g’uzlar-turkiy qabila. Markaziy va O’rta Osiyoda yashagan. VII asr boshida Turk xoqonligi tarkibida to’qqiz o’g’uz qabilasi ittifoqi paydo bo’lib, bu ittifoqda ko’pchilikni asosan uyg’urlar tashkil etgan.
O’tov-ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi xalqlarning asosiy turar joyi.
O’tag’a-1. Boshga taqiladigan jig’a. 2. Dubulg’aga qistirilgan pat.
O’roq-Buxoro amirligida XIX-XX asrlarda diniy olam va ilohiyot ilmiy erishgan yutuqlari uchun beriladigan uchta unvonning eng yuqorisi hisoblangan bo’lib, shu unvonga erishgan shaxsning ismiga qo’shib aytish odat bo’lgan.
O’rda-1. Turkiy va mo’g’ul xalqlarida harbiy-ma’muriy tashkilot, manzilgoh. O’rta asrlarda oliy hukmdorlar qarorgohi, poytaxti. 2. Podshoh, xon yoki biror oliy martabali shaxsning harami.
O’lponchi-yer solig’ining yig’uvchi mansabdor.
O’lpon-O’rt Osiyo xonliklari hududi chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan so’ng joriy etilgan bo’lib, ekin maydoni va olinadigan hosilning miqdoriga qarab, yiliga bir marta undiriladigan yer solig’i.