Prezident

Prezident (lotincha praesidens — oldinda o’tiruvchi) — 1) hozirgi ko’pchilik (respublika shaklida idora qilinadigan) mamlakatlarda saylab qo’yiladigan davlat boshlig’i. BMT ga a’zo bo’lib kirgan 189 mamlakatning 140 dan ortig’ida Prezident … Read More

Prezentatsiya

Prezentatsiya (lotincha Praesentatio — taqdim etish), taqdimot — yangidan yaratilgan, tuzilgan muayyan narsaning rasmiy taqdim etilishi (masalan, yangi jurnalning Prezentatsiyasi).

Predikat

Predikat (lotincha praedicatum — aytilgan) — 1) mantiqda — til predmeti haqida aytiladigan hukmning ikki termini (predikat va sub’yekt)dan biri; mantiqiy kesim, ya’ni hukmdan sub’yekt haqida xabar beruvchi bo’lak. Masalan: … Read More

Pog’ona, bosqich

Pog’ona, bosqich (musiqada) — tovushqator, gamma va ladlarni tashkil etuvchi har bir tovush. Yozuvda Rim raqamlari bilan belgilanadi (I, II, VII, VIII va hokazolar).

Poyandoz

Poyandoz (forscha — oyoq va solmoq) — alohida hurmat belgisi sifatida mehmon oyog’i ostiga to’shaladigan gazmol, gilam yoki ko’rpacha. Qadimdan Poyandoz obro’li mehmonlar kutib olinganda, kelin tushirganda ishlatilgan. Hozir idora … Read More

Pochta

Pochta (polyakcha poszta) — 1) xat-xabar, gazeta-jurnal, jo’natma, pul va hokazolar qabul qilinib-jo’natiladigan davlat aloqa muassasasi; 2) shu muassasa orqali yuborilgan yoki olingan narsa (xat, jo’natma va boshqalar).

Potentsial to’siq

Potentsial to’siq (fizikada) — fazoning chegaralangan sohasi; bu sohada zarraning potentsial energiyasi uning to’liq energiyasidan katta bo’ladi. Sohaning ikkala tomonida potentsial energiya keskin pasayadi. Potentsial to’siq itarish kuchiga mos keladi.

Port-Vila

Port-Vila, Vila — Vanuatu davlati poytaxti, Efate orolida. Aholisi 29,3 ming kishi (1999). Tinch okean sohilidagi port, chetga kopra, kakao, kofe chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari … Read More