Pomir-olay tog’lari

Pomir-olay tog’lari — O’rta Osiyoning Janubiy-sharqidagi tog’li o’lka. Farg’ona vodiysidan Janubda, Tojikiston (shimoli-sharqda), O’zbekiston Respublikasi (g’arbda) va Turkmaniston (Janubi- g’arbda) hududlarida joylashgan. Hisor- Olay tog’lari, Tojikiston depressiyasi va Pomir kabi … Read More

Polyaroid

Polyaroid (Yunoncha polos — qutb va eidos — ko’rinish) — tabiiy yorug’likdan chiziqli qutblangan yorug’likni ajratib oladigan yupqa shaffof parda ko’rinishidagi optik asbob; Polyaroid ishi dixroizm (oddiy va murakkab yorug’lik … Read More

Poloves yeri

Poloves yeri — Volga va Dunay darelari oralig’idagi dashtlarning qadimgi ruscha atalishi. Bu yerlarda 11 — 13-asrlarda poloveslar (qipchoqlar) ko’chmanchilik bilan mashg’ul bo’lishgan; Dashti qipchoqning g’arbiy qismi.

Polixromiya

Polixromiya (poli… va Yunoncha chroma — rang) — amaliy bezak san’ati, haykaltaroshlik, me’morlik asarlarida ikki va undan ortiq ranglilik. Asar yaratishda turli xil rangdagi xom ashyolarni ishlatish yoki asarlarni turli … Read More

Poliklet

Poliklet (Polykleitos) (miloddan avvalgi 5-asr 2-yarmi) — yunon haykaltaroshi va san’at nazariyotchisi, yuksak klassikaning yetakchi namoyandalaridan. Polikletning bronzadan yasalgan «Dorifor», «yarador Amazonka», «Diadumen» va boshqa haykallari nusxalaridan va qadimgi mualliflarning … Read More

Polikarp o’simliklar

Polikarp o’simliklar (poli… va Yunoncha karpos — meva) — bir necha yil gullab meva beradigan o’simliklar. Ko’p yillik gulli o’simliklarning deyarli hammasi Polikarp o’simliklar hisoblanadi.

Politeizm

Politeizm (poli… va Yunoncha Theos — Xudo), ko’pxudolik — ko’p xudolarga e’tiqod qilish. Monoteizm (yakkaxudolik)ning aksi. Qadimgi Misr, Yunoniston, Rimdagi dinlar Politeizmga asoslangan dinlardir.

Polimikt jinslar

Polimikt jinslar — bo’lakli materiallari turli tog’jinslaridan (cho’kindi, magmatik, metamorfik) va mineral donalardan tarkib topgan cho’kindi jinslar. Masalan, granit, ohaktosh, slanes va qumtosh g’o’laklaridan tuzilgan ba’zi konglomeratlar, g’o’laktoshlar, shag’allar, favelitlar; … Read More