Puasson tenglamasi

Puasson tenglamasi — ikkinchi tartibli, xususiy hosilali differentsial tenglama. Tenglamani 1812 yilda S.D.Puasson o’rgangan. Puasson tenglamasi potentsiallar nazariyasida gravitatsiya va elektrostatika masalalarini yechishda qo’llaniladi.

Pud

Pud — qadimgi og’irlik o’lchov birligi. Qiymati 40 qadoqqa teng. 1 Pud = 40 qadoq=40-0,4095512 kilogramm=16,3805 kilogramm. Ba’zi shevalarda put deb ham ishlatilgan.

Pul

Pul (fors-tojikcha) — O’rta Osiyo xonliklari va yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qo’llanilgan mis chaqa pul. Masalan, 1 Pul 18-19-asrlarda Qo’qon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 Pul 1/40 tillaga, 1932 yilgacha … Read More

Pul fetishizmi

Pul fetishizmi (Fransuzcha Feticheisme, portugalcha fetico — tumor, mo’jiza) — pulni ilohiylashtirish, unda mo’jizaviy kuch bor deb qarash, unga sig’inish. Pulning tovarlik tabiatini, pul bilan tovar massasi o’rtasidagi aloqalarni tushunmaslik, … Read More

Pulpa

Pulpa — 1) tishning yumshoq to’qimasi. Har bir tish o’rtasidagi bo’shliqni to’ldirib turadi. Tishni qon bilan ta’minlaydigan qon tomirlari, limfa tomirlari va nerv tolalaridan tashkil topgan; Pulpada tishdagi qattiq to’qimalarning … Read More

Punkt

Punkt (matbaada) — bosmaxona belgilari (harflar, raqamlar va boshqalar) o’lchamlarini aniqlash uchun qo’llanadigan birlik. Kvadratning 1/48 ulushi (0,376 mm)ga teng. Shriftlarning kegli Punkt bilan belgilanadi. Punkt frantsuz dyuymi (27,1 mm) … Read More

Pustula

Pustula (lotincha pustula — g’udda), madda — ichiga yiring to’plangan pufakcha. Pustulaning terida yuza yoki chuqur joylashishiga qarab yuzaki (husnbuzar, follikulit, impetigo, sizlog’ich) hamda chuqur (ektima, ruliya) xillari farq qilinadi. … Read More

Putti

Putti (italyancha putti — go’dak) — kichik o’g’il bolalarni (ba’zan qanotli hodda) tasvirlash. Uygonish davri, shuningdek, 17-18-asrlar san’atida eng sevimli bezak usuli. Putti san’atda ilohiy ibtidoning qaror topishidan guvohlik beradi.

Puflama musiqa cholg’ulari

Puflama musiqa cholg’ulari, aerofonlar — musiqa cholg’u asboblari guruhi; tovush manbai vazifasini cholg’uning trubkasidagi havo bajaradi. Tovush chiqarish usuliga qarab naysimon, tilchali va mundshtukli toifalarga, ishlab chiqarish materialiga qarab mis … Read More

Pueblo

Pueblo — indeys xalqlari guruhi (xopi, zuni, keres, tano). AQShning Janubi-g’arbida (Nyu-Meksiko va Arizona Shtatlari) yashaydi. 32 ming kishi (1987). Yuta-astek til oilasiga mansub tillarda so’zlashadi, kereslarniki xokaltek tillariga yaqin. … Read More