Para…
Para… (Yunoncha para — yonida, yaqinida) — 1) o’zlashma qo’shma so’zlar bo’lagi, biror narsaning yonida bo’lish, shuningdek, biror narsadan chetlashish, uzoqlashishni, o’zgalikni bildiradi (masalan, paramagnetizm); 2) orto-meta-para (kimyoda).

Para… (Yunoncha para — yonida, yaqinida) — 1) o’zlashma qo’shma so’zlar bo’lagi, biror narsaning yonida bo’lish, shuningdek, biror narsadan chetlashish, uzoqlashishni, o’zgalikni bildiradi (masalan, paramagnetizm); 2) orto-meta-para (kimyoda).
Papa (Yunoncha pappas — ota), Rim Papasi — katolik cherkovi va Vatikan davlati boshlig’i. Kardinallar majlisi tomonidan umrbodga (1389 yildan kardinallar orasidan) saylanadi.
Panpsixizm (Pan… va Yunoncha Psyche — ruh, jon) — tabiatni umuman jonli deb hisoblovchi tasavvur. Panpsixizmning tarixiy shakllari xilma-xil bo’lib, ibtidoiy e’tiqod bo’lgan animizm va yunon falsafasidagi gilozoizmdan tortib to … Read More
Pankreatik shira, me’da osti bezi shirasi — me’da osti bezida ishlanadigan hazm shirasi; ishqoriy reaktsiyali rangsiz suyuqlik. Tarkibida oqsil, yog’hamda uglevodlarni parchalaydigan fermentlar, bir necha oqsillar (asosan, globulinlar), kreatinin, mochevina, … Read More
Panj — Amudaryonint yuqori qismi. Vaxsh daryosi quyilgan joygacha shu nom bilan ataladi.
Pangasinanlar — Filippin (Pangasinan viloyati, Luson oroli)dagi xalq. 1,45 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Indonez til tarmog’iga mansub tilda so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar.
Pampangan, pampango, kapampanganlar — Filippindagi Pampanga viloyati (Luson oroli markazi va Janubiy- g’arbiy qismi)dagi xalq. Umumiy soni 2 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Filippin tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. An’anaviy … Read More