Port-Elizabet

Port-Elizabet — jarning Janubiy-Sharqiy qismidagi shahar. Aholisi 303 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari, shahar atrofi bilan 855 ming kishi). Tinch okeanning Algoa buxtasi sohilidagi port. Yirik temir yo’l tuguni. Mashinasozlik, … Read More

Piridoksin

Piridoksin, piridoksol, V6 vitamini — suvda eriydigan vitamin; piridin hosilasi. To’qimada piridoksal-fosfat (asosan, aminokislotalarning sintezlanish va parchalanish reaktsiyalarida qatnashuvchi koferment)ga aylanadi. Go’sht, baliq, sut, jigar, xamirturush, ko’pgina o’simlik mahsulotlarida bo’ladi. … Read More

Piri (Peary) Robert Edvin

Piri (Peary) Robert Edvin (1856.6.5, Kresson, Pensilvaniya — 1920.20.2, Va- shington) — Arktikani o’rgangan amerikalik tadqiqotchi, admiral (1911). Grenlandiyaga bir necha marta ekspeditsiya uyushtirib, uning shimoliy qismini 2 marta kesib … Read More

Pipin pakana

Pipin pakana (Pippinus Brevis) (714-768) — franklar qiroli (751 yildan). Mayordom bo’laturib (741-751), 751 yil Merovinglar sulolasidan bo’lgan so’nggi qirolni taxtdan ag’dargan va Karolinglar sulolasiga asos solgan. Qirollikdan ajrab chiqqan … Read More

Pilorospazm

Pilorospazm (Yunoncha pyloros — me’daning chiqish qismi va spasmos— qisilish) — me’da chiqish qismi (pilorus)ning qisilishi (spazmi). Me’da-ichak yo’li funktsiyasining buzilishi natijasida paydo bo’ladi. Nevrozlarda, me’da yarasida kuzatiladi. Ko’proq emadigan … Read More

Pilos

Pilos (Pylos) — Messeniya soxili (Peloponnes)dagi qadimgi yunon shahri (miloddan avvalgi 16-13-asrlar); hozirgi Pilos shahridan 17 kilometr shimoldagi ano-Englianos tepaligida joylashgan shahar xarobasi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming … Read More

Piyola

Piyola — uy-ro’zg’or buyumi; tubidan yuqoriga tomon kengayib boradigan taglikli idish. Xosyadan kichik hajmda bo’ladi, asosan choy ichiladi. Piyolaning katta (nimkosa), o’rtacha va kichik xillari bor. Piyola chinni, sopol va … Read More

Peshtoq

Peshtoq — madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy va boshqa binolarning old tomoni — kirish qismi. Peshtoq binoning hashamatli baland, bezakdor me’moriy bo’lagi bo’lib, odatda, bino devori sathidan bir oz bo’rttirib chiqariladi. … Read More

Peshkash

Peshkash, pishkash (forscha — tuhfa, in’om) — o’rta asrlarda mahalliy hokimlar, badavlat shaxslar tomonidan xonlar, sultonlar va oliy dara jali davlat mansabdorlariga tortiq qilinadigan sovg’a. Peshkash qimmatbaho zebu ziynat, asbob-anjom, … Read More

Peshanaband

Peshanaband, peshanabog’ — 1) ayollar boshiga, peshanasiga bog’laydigan, tang’ib o’raladigan kichik ro’mol. Peshanani, peshanadagi sochlarni berkitib turadi. Peshanaband ustidan katta (oq doka, oyim doka yoki shol) ro’mol o’raladi. Ba’zan keksa … Read More