Sut tishlar
Sut tishlar — odam va sut emizuvchi hayvonlar tishlarining birinchi generatsiyasi.
Sut tishlar — odam va sut emizuvchi hayvonlar tishlarining birinchi generatsiyasi.
Sut bezlari — sut emizuvchi hayvonlаr urg’ochisining a’zosi. Laktatsiya davrida o’zidan sut ishlab chiqaradi.
Supernatant — cho’kma ustidagi suyuqlik. Suspenziyalarning sentrifuga qilish jarayonida hosil bo’ladi.
Supressor gen — gomo yoki geterozigota holatdagi allal bo’lmagan mutant genlar ta’sirini siqib qo’yadigan gen. Oqsil molekulasining hosil bo’lishini sekinlashtirib, to’xtatadi.
Sustav, bo’g’im – suyaklarning harakatchan birikishini ta’minlovchi tuzilma.
Suspenziya — muallaq zarrachalar.
Senogenez — organizm embryonal rivojlanish yoki quгt davridagi o’ziga xos sharoitlarga moslashishi. Вu хususiyat katta yoshdagi individlarda saqlanmaydi. Atamani fanga L.N.Seversov kiritgan (1912).
Senoz — Uyushma, qavm – оrganizmning ma’lum sharoitdagi har qanday uyushmasi. Masalan, zootsenoz, fitotsenoz.
Senobioz — organizmlarning guгuh (uyushma)larda birgalikda hayot kechirishi.
Selom, bo’shliq, tananing ikkilamchi bo’shlig’i — ko’p hujayrali hayvonlarning ichki a’zolari bilan tana devori o’rtasidagi bo’shliq. Asosan tayanch vazifasini bajaradi.