TA’LIF
TA’LIF (Arabcha — yaratish, tuzish) — o’tmishda Sharq musiqa ilmida biron asar yaratishni ifodalovchi atama. Masalan, ta’lifi alhon — kuy yaratish; ta’lif unnotik, (nutkli ta’lif) — muayyan so’zlarga yaratilgan asar, … Read More
TASHQI SAYYORALAR, Yupiter guruhidagi sayyoralar — Quyosh sistemasining Mars orbitasidan tashqarida aylanadigan sayyoralari (Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton). Ularning ba’zi fizik xususiyatlari bir-biriga yaqin. Ba’zan «yuqori sayyoralar» deb ham aytiladi.
TASHQI BURCHAK — uchburchak yoki ko’pburchakning biror burchagiga yondosh (qo’shni) burchak. Uchburchakning tashqi burchagi unga qo’shni bo’lmagan ichki burchaklari yig’indisiga teng.
TASHAHHUD — 1) kalimai shahodatni aytish; 2) namozda qa’da (o’tirish) vaqtida o’qiladigan duo (Attahiyyot).
TAXMONPECH — bezak buyumi; taxmonga taxlab qo’yiladigan ko’rpa, ko’rpacha va boshqa buyumlarni kishi ko’zidan pana qilib turish uchun tutiladigan parda, to’siq. O’zbekiston hududining turli mintaqalarida o’ziga xos usulda kashta tikib … Read More
TATABBU (Arabcha — ergashish, izdoshlik).
TASBIH (Arabcha — Xudoni maqtash, sharaflash) —duolar va iboda tso’zlarini hisoblash uchun ishlatiladigan munchoq shodasi. Tasbih ishlatish keng tarqalgan barcha dinlarda uchraydi, dindorlik va taqvodorlik belgisi hisoblanadi.