Tug’ro
Tug’ro-podshoh va xonlarning farmonlari boshida ularning nomi va amallarini ko’rsatuvchi maxsus harflardan iborat belgi.
Tug’ro-podshoh va xonlarning farmonlari boshida ularning nomi va amallarini ko’rsatuvchi maxsus harflardan iborat belgi.
Tug’ro-nasx xatining bir turi.
Tohiriylar-Tohiriylar davlatini boshqargan sulola. Asoschisi – Tohir ibn Husayn. Tohiriylar sulolasi hukmdorlari: Tohir ibn Husayn (821-822), Talha ibn Tohir (822-828), Abdulloh ibn Tohir (828-844), Tohir II ibn Abdulloh (844-862), Muhammad … Read More
Tosh ra’di-qal’aning devor va eshiklarini buzish uchun tosh otadigan maxsus qurilma. O’rta asrning o’ziga xos to’pi.
Tosh-masofa o’lchov birligi. O’tmishda O’rta Osiyoda keng ishlatilib kelingan atama. Taxminan 8,9-9,5 chaqirimga teng bo’lgan. Tosh o’rniga ba’zan yig’och so’zi ham ishlatilgan.
Tog’ut-but. Ollohdan boshqa sig’inadigan narsa, iblis, shayton.
Tog’ar-Ko’chmanchi o’zbek davlatida aholining o’troq qismidan olinadigan soliqning bir turi. Tog’ar asosan qo’shinni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun olinadigan soliq hisoblangan.
Tohariston-Amudaryoning o’rta va yuqori oqimidagi ikki sohilini ishg’ol etgn yerlarning o’rta asrlardagi nomlanishi. Aynan mana shu sarhadda vujudga kelgan davlat Tohariston deb atalgan bo’lib, u 27 ta mustaqil viloyatlardan iborat … Read More
Tobi’in-sahobalardan so’ng islom aqodidi, shariati va an’analarini davom ettirganlar; ular bevosita sahobalarning izdoshlari hisoblangan.