XOLMATOV AHMADJON ALIMATOVICH

XOLMATOV AHMADJON ALIMATOVICH (1948.22.3, Yangiqo’rg’on shaharchasi) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2002). Kuban universitetini tugatgan (1972). 1973 yildan Yangiqo’rg’on tumanidagi 16-maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi, 1978-94 yillarda 1 va … Read More

XIYOBON

XIYOBON — me’moriy tartib bilan ikki tomoniga daraxt, buta, gul, o’simliklar ekilib yaratiladigan sayrgoh yo’l, yo’lka. Qadimdan qo’llanilib kelingan. Odatda, parkbog’lar orasi, maydonlar atrofi, sport inshootlari va boshqa joylarda barpo … Read More

XIDIROV ALI

XIDIROV ALI (1944.27.9, Jizzax tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). SamDUni tugatgan (1971). 1971-99 yillarda Jizzax tumanidagi 18, 4-maktablarda ona tili va adabiyot o’qituvchisi.

XEMO…

XEMO… — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; o’zi qo’shilgan so’zning kimyoga, kimyoviy jarayonlarga aloqadorligini bildiradi (masalan, xemosintez, xemosorbtsiya).

XELSINKI UNIVERSITETI

XELSINKI UNIVERSITETI — Finlyandiyadagi yirik oliy o’quv yurtlaridan biri. 1640 yil Turku shahrida tashkil etilgan. 1828 yil Xelsinki shahriga ko’chirilgan. Teologiya, huquq, tibbiyot, falsafa, tarix, Filologiya, tabiiy matematika, qishloq va … Read More

XEYMANS

XEYMANS (Heymans), Geymans Korney (1892-1968) — belgiyalik fiziolog va farmakolog. Nafas va qon aylanishining boshkarilishida carotid sinuslar va aorta xemoreseptorlari ahamiyatini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1938).

XACHMAS

XACHMAS — Ozarbayjondagi shahar (1938 yildan). Kaspiybo’yi pasttekisligida, Kudialchay daryosi bo’yida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 28 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Konserva kombinati (sabzavot, mevalarni qayta ishlaydi), sut zavodi, gilam … Read More

XAFUN

XAFUN, RasXafun — Somali yarim orolidagi burun, Afrikaning eng chekka Sharqiy nuqtasi (10°26′ sh.k. va 57°23′ shq.u.).

XAFSIYLAR

XAFSIYLAR — Tunisda hukmronlik qilgan sulola (1229-1574). Almuvahhidun harakatining asoschilaridan biri Shayx Abu Xafs nomi bilan atalgan. Sulola asoschisi — Abu Zakariyo (1229-49). Xafsiylar davlati 13-asrning o’rtalari—14—15-asr oxirida gullab yashnagan. … Read More

XAFIF

XAFIF (Arabcha — yengil) — yaqin va O’rta Sharq xalqlari musiqa nazariyasida ritmik tuzilma (usul)par nomi. Bir necha turlari mavjud: Xafifi ramal (tan—tanan tan—tanan), Xafifi Saqil (tan—tana— tan—tana) va boshqalar.