«YUNUSOBOD» TENNIS KORTI

«YUNUSOBOD» TENNIS KORTI — Toshkent shahridagi sport majmui (1996); Amir Temur shohko’chasida joylashgan «Yunusobod» tennis korti o’zining mahobatli ko’rinishi, zamonaviy talablar asosida loyihalanishi va funktsional mukammalligi bilan ahamiyatlidir. Ochiq kort … Read More

YUNUSOBOD OKTEPASI

YUNUSOBOD OKTEPASI — o’rta asrlar arxeologiya yodgorligi (5-13-asrlar). Toshkentning shimoli Sharqiy qismida, Oqtepa kanali bo’yida joylashgan. 1886 yil V.P.Nalivkin qayd qilgan. 1940— 41 yillarda A.I.Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975 yil … Read More

YUNUS PARI

YUNUS PARI — «Go’ro’g’li» turkumi dostonlaridagi obraz. Shu turkumdagi hamma dostonlarda u Go’ro’g’lining vafodor xotini, do’sti, maslahatgo’yi, aqlu farosatda, jasorat va obro’da, qo’pincha undan ustun turadigan ayol sifatida tasvirlanadi. Tengsiz … Read More

YUNUS

YUNUS — Qur’onda tilga olingan payg’ambarlardan biri. Zunnun, ya’ni katta baliq (kit)ning hamrohi degan nom ham olgan. Bibliyadagi Ionaga to’g’ri keladi. Qur’onning 10-surasi uning ismi bilan ataladi. Qur’onda Allohning yagonaligini … Read More

YUNON-FORS URUSHLARI

YUNON-FORS URUSHLARI (miloddan avvalgi 500-449 yillar, tanaffuslar bilan) — yunon shahar davlatlarining Axomaniylar davlati bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan urushi. Forslar Kichik Osiyoning Markaziy tumanlarini bosib olgach, O’rta dengizning Sharqiy … Read More

YUNON-RUM KURASHI

YUNON-RUM KURASHI — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida g’oliblik uchun olishuvi. Yunon-rum kurashi musobaqalari diametri 9 metr (o’lchami 12×12 metr) sport maydonida o’tkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, … Read More

YUNONISTON

YUNONISTON, qadimgi Gretsiya, Ellada — Bolqon yarim orolining Janub, Egey dengizidagi orollar, Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning g’arbidagi dengiz sohilida joylashgan qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi. Tarixi. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, … Read More

YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI

YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI — qadimiy quldorlik davlati (miloddan avvalgi 256— 248 yillar orasi — miloddan avvalgi 140-135 yillar). Asoschisi salavkiylar Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Miloddan avvalgi 250 yilda u o’zini Baqtriyaning … Read More

YUNONA

YUNONA (lotincha — qadimgi rimliklar ma’budasi nomidan) — kichik Sayyora (asteroid). 1804 yilda nemis astronomi K. Garding kashf etgan. Quyosh sistemasidagi uchinchi kichik Sayyora. Diametri 225 kilometr. Yunonaning Quyoshdan o’rtacha … Read More

YUNON TILI

YUNON TILI — grek tili tarixidagi dastlabki bosqichda — miloddan avvalgi 14— 12-asrlardan milodiy 1 —4-asrlargacha amalda bo’lgan (hozirgi o’lik) til; greklarning qadimiy tili. Hindyevropa tillari oilasida qadimiy makedon tili … Read More