Biopolimerlar
Biopolimerlar — yuqori molekulali tabiiy birikmalar (oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar) bo’lib, molekulasi ko’p marotaba takrorlanadigan kichik molekulali monomer yoki ularning qismlaridan iborat.
Biopolimerlar — yuqori molekulali tabiiy birikmalar (oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar) bo’lib, molekulasi ko’p marotaba takrorlanadigan kichik molekulali monomer yoki ularning qismlaridan iborat.
Biont — eyolutsiya dayomida ma’lum muhit (biotop)da yashashga moslashgan organizm. Ular aerobiont, gidrobiont, geobiont vа boshqalarga bo’linadi.
Bionika — kibernetikaning tirik огganizmlar tllzilishi va hayot faoliyatini o’rganish asosida аniqlаngаn qonuniyatlar hamda xususiyatlarni texnikaga tatbiq etish bilan shug’ullanuychi bo’limi.
Bionavigatsiya – hayvonlarning mavsumiy migratsiya (ko’chishi) davrida haгakat yo’nalishini va yashash joylarini (qishlash yoki bolalash uchun mo’ljallab) topish xususiyatlari.
Biomuhit — organizm uyushmalari hosil qiladigan yoki ular ta’sirida o’zgargan muhit. Biomuhit ma’lum biogeotsenoz yoki ekotizim tarkibiga kiruvchi turlar uchun qulay sharoit yaratadi.
Biomorfoz, bioshakllanish – огganizmdagi atrof-muhitga moslashish bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar.
Biomexanika, jonli mexanika — to’qima, a’zo va butun bir organizmlаг sodir bo’ladigan mexanik xususiyatlar hamda hodisalarni o’rganadigan biologiya (biofizika va fiziologiya)ning bir bo’limi.
Biometriya — biologik eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish va olingan ma’lumotlarni ishlab chiqishda matematik (variatsion) statistika usullaridan foydalanish.
Biomassaning o’sish darajasi — populyatsiya tirik moddalarining ma’lum vaqt ichida miqdoriy ko’payishi.