CHERIK
CHERIK (sanskritcha ksatrika — qo’shin, lashkar) — 1) Turk xoqonligi (6— 8-asrlar), Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Chingiziylar, Temuriylar, Shayboniylar, Xiva va Buxoro xonliklarida harbiy yurish vaqgida tuman, viloyat, o’lka va uluslardan oliy hukmdor tomonidan chiqarilgan farmonga muvofiq yig’iladigan muntazam qo’shin. Cherik, asosan, otliq, qisman piyoda qismlardan tashkil topgan. Cherikni belgilangan joy (miod yeri) ga to’plash vazifasi oliy bosh qo’mondon ad’yutanti — tavochi zimmasiga yuklatilgan. Cherik o’nlik, yuzlik, minglik va tumanlarga taqsimlangan va ularga o’nbegi, yuzbegi, mingbegi va tumanbegilar sardorlik qilgan. Buxoro xonligida nomuntazam qo’shin qora Cherik deb nomlangan; 2) Usmoniylar saltanatida 1362 yil Murod I tomonidan jangda asirga olingan va maxsus tarbiyalangan nasroniy o’smirlardan tuzilgan alohida muntazam harbyy qism. Tarixda «yeni cheri» («yangi qo’shin») nomi bilan shuhrat topgan.