CHETAN

CHETAN (Sorbus L.) — ra’nodoshlarga mansub buta va daraxtlar turkumi. O’rta Osiyoda Turkiston, Zarafshon, Hisor, Darvoz, Ugom, Chatqol, PomirOlay, Farg’ona tog’larida 3 turi: qizil Chetan (S.tiarischanica), Turkiston Chetani (jagisi) (S. turkestanica) va fors Chetani. (S. persica) uchraydi. Qizil Chetan ko’pincha, archa, oq qayin, Shilvi kabilar bilan birga dengiz sathidan 1800-3000 metr balandaikda aralash o’rmonlar hosil qilib o’sadi. Buii 3-5 metr. Ildizi 7-8 metr chuqurlikkacha tarqaladi. Gullari yirik. Iyun oyida gullab, avgust sentabrda meva beradi. Mevasi qizil, taxirachchiq yoki shirin, birinchi sovuqdan keyin qo’ng’ir tusga kiradi. Mevasida S. vitamini, 4-13,7% qand moddasi, urug’ida 22% moy, po’stlog’ida 14% tannid bor. Yog’ochidan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. Barglaridan jigarrang bo’yoq olinadi. Qizil Chetanni urug’idan, ildizpoyasidan kupaytirish mumkin. Chetan 60-100 yil yashaydi. Chetanning hamma turlari qimmatli o’rmon, mevali, manzarali va asal beruvchi o’simlik hisoblanadi.