CHORIKOR

CHORIKOR — Afg’onistonning Sharqiy qismidagi shahar, Kobul shahridan shimolroqda. Parvon viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 196,7 ming kishi (2003). Metall va kun buyumlar ishlab chiqariladigan hunarmandchilik va to’qimachilik korxonalari mavjud. Kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Shahar atrofi bog’ va tokzorlar.