Chuvalchangning nima ekanini aniq belgilashga olimlar qiynalishadi. Ularni cho’zinchoq, bosh qismi sal-pal ajralib turadigan, sudralishga qobil, umurtqasiz hayvon, deb tasniflasa xato bo’lmaydi. Chuvalchanglarning muhim xususiyati shundaki, ular ikkita bir xil-chap va o’ng qismga ajralishi mumkin. Yuqoridagi xususiyatlarga ega hayvonga duch kelib qolsangiz, bilingki, bu — chuvalchang. Chuvalchanglarning o’lchami har xil bo’ladi: ayrimlari mikroskop ostida ko’rinsa, boshqalari juda uzun (12 metrgacha yetishi mumkin)dir. Ular yorqin, to’q pushti, yashil va qizil tusda bo’lishi mumkin. Chuvalchanglar bir qancha asosiy guruhlarga bo’linadi. Ayniqsa, ostritsalar, askaridalar va nematodalar kiradigan yassi chuvalchanglar guruhi (shuningdek, lappaksimon chuvalchanglar guruhi ham) muhimdir. Yassi chuvalchanglar o’z nomini tana shakli yassi bo’lgani uchun olgan. Bu sira chuvalchanglar o’zida ikki xil jinsni birlashtirgani uchun germafrodita, deb sanaladi. Ularning ba’zilari erkin tarzda harakatlansa, ba’zilari tekinxo’rlarcha hayot kechiradi. Tekinxo’r yassi chuvalchanglar sirasiga odatda, umurtqali sutemizuvchilar, masalan, it va inson ichaklarida yashovchi lentasimon chuvalchanglar kiradi. O’lchami keskin farq qiladigan, oddiy ko’zga zo’rg’a ko’rinadiganidan tortib to uzunligi bir necha metr keladigan ostritsalar katta ipsimon chuvalchanglar guruhini tashkil etadi. Ostrisa-trixinellalar, rishtalar va oddiy askaridalar ancha xavfli chuvalchanglardir. Ular ayrim hayvon va odamlarda og’ir kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin. Bizga tanish yomg’ir chuvalchanglari juda foydalidir. Chunki ular tuproqni kavlab va g’alvir qilib, o’simliklar rivojiga yordam beradi.
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?
«Biror kun boshlayman» – miyaning sizga qo’ygan tuzog’i
Baland gapirgan odam zaifmi? Ovozini ko‘targan inson aslida nimani yashiradi?
Ayollar (an’anaviy) ansambllari-madaniyatda
«Men sizsiz yashay olmayman» – shunaqa deyishganmi
Kuchli odam baland gapirmaydi. Nega?

