DALA G’OZI
DALA G’OZI (Anser fabalis Lathem) — g’ozsimonlar turkumi o’rdaklar oilasiga mansub qushlarning bir turi. Vazni 2,75—4,5 kilogramm. Boshqa g’ozlarga nisbatan ko’proq quruqlikka moslashgan. Yerda yengil yuradi va tez yuguradi, suvda yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Dala G’ozi Yevrosiyoning hamma hududlarida tarqalgan. O’zbekistonda uchib o’tish davrida uchraydi. G’arbiy Yevropa, O’rta dengiz va qora dengiz sohillarida hamda O’rta Osiyoda (Zarafshon vodiysining quyi qismida) qishlaydi. Suv yaqinidagi quruq joylarga, orollarga uya quradi. Uyaga 3-6 (odatda 3-5 ta) tuxum qo’yadi. Tuxumlarni modasi taxminan 25 kun bosadi. Dala G’ozi ochib chiqqan jo’jalarni yirtqich qushlardan xavfsizroq joyga ko’chiradi. Jo’jalari 1,5 oyda uchirma bo’ladi. Yiliga bir marta tullaydi. Shu davrda ko’p miqdorda ovlanadi.