DEFIBRATOR

DEFIBRATOR (de… va lotincha fibra — tola) — yog’och massasi tayyorlash uchun mo’ljallangan apparat. Ishi yog’och payrahalarni maxsus metall disklar orasida ishqalash va ezishga asoslangan. Yog’och tayyorlash jarayonida ajralgan payraha va mayda tarashalarni Defibratorga solishdan oldin ular 1 — 1,2 MPa bosim ostida va 165— 175° temperatuada bug’lab yumshatiladi. Defibratorda olingan massadan plitalar, qog’oz tayyorlash va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Defibrator yog’ochsozlik, mebelsozlik korxonalarida, qog’oz fabrikalarida qo’llaniladi.