DENGIZ MUSHUGI
DENGIZ MUSHUGI — quloqli Tyulenlar ikki urug’ining umumiy nomi. Shimoliy Dengiz mushugi (Callorhinus) urug’iga yagona shimol Dengiz mushugi (S. ursinus) turi kiradi. Erkagining uzunligi 2 metrgacha, og’irligi 250 kilogrammgacha. Yangi tug’ilgan bolasi (uzunligi 60— 70 santimetr) qora, voyaga yetgan urg’ochilari kulrang — malla; erkaklari — qoramtir-qo’ng’ir. Tinch okeanningshim. tshemila: Janubiy Saxalin, Kamchatkaning Sharqiy sohili, Kuril va Komandor orollari yaqinidagi suvlarda uchraydi. Ko’payish davrida (yozda) quruklikka chiqib, qirg’oq bo’ylab yotoq joylar hosil qiladi. Yotoqjoydagi har bir erkagiga 15-20 (ba’zan 50) urg’ochisi to’g’ri keladi. Qishlash uchun Janubga suzib ketadi. Ko’plab ovlanishi tufayli 19-asrda soni keskin kamayib ketgan edi. 1957 yilda sobiq Ittifoq, Yaponiya, AQSh, Kanada o’rtasida tinch okean shimolida Dengiz mushugini saqlash to’g’risida Xalqaro Konventsiya imzolangandan so’ng ular soni asta-sekin oshib borib, 2 millionga yetdi. Hozir yosh erkaklari ovlanadi. Janub Dengiz mushugi (Arctocephalus) urug’i 6 turdan iborat. Mo’tadil va mo’tadil salqin dengizlarda tarqalgan. Dengiz mushugining 3 turi Xalqaro qizil kitobga kirgan.