DETEKTIRLASH
DETEKTIRLASH, demodulyatsiya — elektr tebranishlarini o’zgartirib, o’zgarmas tok yoki ancha past chastotali elektr tebranish hosil qilish. Eng keng tarqalgan holi demodulyatsiya bo’lib, unda modulyatsiyalangan yuqori chastotali tebranishlardan past chastotali modulyatsiyalovchi signal ajratib olinadi. Detektirlash radio qabul qiluvchi qurilmalarda tovush chastotalarini, televidenieda tasvir signallarini ajratib olishda ishlatiladi. Detektirlashda elektr tebranishlar detektorta uzatiladi; bunda u bir xil yo’nalishdagi tokni o’tkazadi va tebranishlar ko’plab bir xil ishorali tok impulslariga aylanadi. Agar tebranishlar qisman to’g’rilansa, ya’ni detektor orkali tok ikkala yo’nalishda o’tsa (detektor elektr o’tkazuvchanligi turlicha bo’lsa), Detektirlash sodir bo’ladi. Detektirlash uchun turli yo’nalishda turlicha elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan istalgan qurilmadan, masalan, diodpan ham foydalanish mumkin. Chastota signalini ajratib olishda filtrdan foydalaniladi. Eng oddiy filtr qarshilik va sig’imdan iborat qurilma hisoblanadi. Detektirlashda elektron lampa, yarimo’tkazgichli diod, vakuumli triodlar, chiziqlimas kristallar ishlatiladi.