DETERMINIZM
DETERMINIZM (lotincha determine -aniqlayman) — barcha hodisalarning o’zaro ob’yektiv qonuniy aloqadorligi va sababiy bog’lanishi to’g’risidagi falsafiy ta’limot. Indeterminizmning qarama-qarshisi. Determinizmning mazmuni sababiyat tushunchasida ifodalanadi, ya’ni bunda bir hodisa (sabab) muayyan sharoitda zaruriyatni tug’diradi, bu esa boshqa hodisa (oqibat) ni vujudga keltiradi. U inson ongiga bog’liq emas. Yunon faylasuflari Geraklit, Demokrit, Epikur hamda Sharq mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug’bek va boshqalar ham Determinizmni e’tirof etishgan. Determinizm printsipi ilmiy bilimning barcha sohalarida yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi, haqiqatni bilishning samarali vositasi bo’lib xizmat qiladi.