DIFFERENTSIATSIYA, MAGMA DIFFERENTSIATSIYASI
DIFFERENTSIATSIYA, MAGMA DIFFERENTSIATSIYASI — fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida magmadan kimyoviy tarkibi turlicha yoki turli nisbatdagi bir xil minerallardan tashkil topgan jinslarning hosil bo’lishi. Differentsiatsiyani likvatsion (yoki asl magmatik) va kristallanish (yoki gravitatsion) turlari bo’ladi. Likvasion Differentsiatsiyaning tog’ jinslarini hosil bo’lishidagi roli juda cheklangan bo’lib, bunda magma silikat angidrid (SiO2), karbonapiar, temir silikatla-RP, temir oksidlari va shunga o’xshashlardan tashkil topgan qatlamlarga bo’linib ketadi. Kristallanish Differentsiatsiyasi temperatura va bosimning pasayishidan sodir bo’ladi. Magma o’chog’ida minerallar birin-ketin, avval qiyin eriydiganlari (olivin, piroksen va boshqalar), keyin oson eriydigan (amfibollar, slyudalar, dala shpatlari, kvars va boshqalar) lari kristallanib asta-sekin cho’kadi. Bazalt magmasidan kristallanish Differentsiatsiya natijasida ma’lum tog’ jinslarining deyarli hamma xillari hosil bo’ladi deb hisoblaydilar. Magma Differentsiatsiyasida turli tog’ jinslaridan tashqari magmatik ruda konlari ham qosil bo’ladi.