DIRIXLE

DIRIXLE (Dirichlet), Peter Gustav Lejyon (1805.13.8, Dyuren — 1859.5.5, Gyottingen) — nemis matematigi. Berlin universiteti (1831-55), Gyottingen universiteti (1855 yildan) professor. Asosiy ilmiy ishlari sonlar nazariyasi va matematik analizga doir. Birinchi hadi va ayirmasi o’zaro tub sonlardan iborat butun sonlar arifmetik progressiyasida tub sonlar cheksiz ko’p ekanligi haqidagi teoremani isbotlagan. Matematik analiz sohasida birinchi bo’lib qatorning shartli yaqinlashishi tushunchasini ta’riflagan va tekshirgan. Uzilish nuqtalari chekli sonda bo’lgan bo’lakli monoton funktsiyalarni Fure qatorigya yoyish mumkinligini isbotlagan. Mexanik va matematik fizikaga bag’ishlagan asarlar muallifi.