DISPERSION ANALIZ
DISPERSION ANALIZ – dispers faza zarrachalari (o’ta mayda g’ovakli jismlar g’ovaklari) ning o’lchamlarini aniqlash usullari majmui. Bunda dispers sistemaning dispereligi yoki solishtirma sirti, ya’ni fazalar orasidagi umumiy sirtni dispers faza hajmiga (yoki massasiga) nisbati ham aniqlanadi. Dispersion analiz usullarini uchta guruhga ajratish mumkin: 1) ayrim zarrachalar parametrlari (o’lchami, massasi va boshqalar) ni aniqlash hamda ularni statistik ishlab chiqish natijasida ko’p sonli o’lchashlar o’tkazish (masalan, avtomatik sistemalarni qo’llash) usuli; 2) dispers sistema zarrachalarining katta-kichikligiga ko’ra sinflarga bo’lish usullari; 3) ma’lum bir holatda joylashgan zarrachalar xossalarini aniqlashga asoslangan usullar. Birinchi guruh usullarida zarrachalarning o’lchamlari optik mikroskop (odatda 1 mkm dan bir necha mm gacha) yoki elektron mikroskop (1 nm dan bir necha mkm gacha) yordamida o’lchanadi; dispers faza zarrachalari bo’lgan ingichka naychadan o’tkazilayotgan suspenziya yorug’lik nuri yoki elektr qarshiligining o’zgarishini (Kulter hisoblagichlarida zarrachalarning o’lchamlari 0,1 dan 100 mkm gacha, optik asboblarda esa 5 dan 500 mkm gacha bo’lganda) o’lchash imkonini beradi. Dispersion analizning ikkinchi guruhi usullariga elak analizi (zarrachalar o’lchamlari 1 dan 500 mkm gacha bo’lganda) va gaz yoki suyukdiklar oqimida zarrachalarning ajratilishi (zarrachalarning o’lchamlari 0,1 dan bir necha mm gacha) kiradi. Dispersion analizning uchinchi guruhi usullariga sedimentasiey analizning barcha usullari taalluqli. Bu usullar qoldiq massasining to’planish kinetikasini qisobga olish (Figurovskiy sedimentometri zarrachalarning o’lchamlari 1 dan 500 mkm gacha bo’lganda o’lchash imkonini beradi) yoki suspenziya optik zichligining o’zgarishiga asoslangan. Dispersion analizda tsentrofugalarni qo’llash o’lchashlar chegarasini 0,1 mkm gacha pasaytirish imkonini beradi (ultratsentrofuglar yordamida o’lchamlari 1 — 100 nm bo’lgan zarrachalarni o’lchash mumkin). Yorug’lik nurlarining juda kichik nurlanishi, rentgen nurlari, neytronlar va boshqalar yordamida zarrachalar o’lchamini aniqlashning turli usullaridan keng foydalaniladi. Solishtirma sirtni aniklash uchun adsorbtsion usullar (monomolekulyar qatlamdagi adsorbtsiyalangan moddaning miqdorini ham aniqlash mumkin) qo’llaniladi. Kukun holdagi moddalarning solishtirma sirti adsorbtsiya issikdigi (yoki ho’llanish) bo’yicha aniqlanadi. Dispersion analizning adsorbtsion usullari turlicha bo’lib, ular solishtirma sirt 10-103 m2/g (zarrachalar o’lchami 10 dan 1000 nm gacha) bo’lganda aniqlash imkonini beradi. O’lchamlari 1 dan 100 nm gacha bo’lgan erkin dispers sistemalar zarrachalari diffuziya, ultrafiltrasiya va boshqa usullar bilan aniqlanadi. Ad.: Xodakov G. S, Yudkin Yu. P., Sedimentasionniy analiz visokodispersnix sistem, M., 1981; Greg S, Singk., Adsorbtsiya, udelnaya poverxnost, poristost, Per. s ang., 2 izd., M., 1984. Rustam Ma’rupov.