DOMNA GAZI

DOMNA GAZI, koloshnik gazi — domna pechlarida asosan uglerodning chala yonishidan xreil bo’ladigan gazlar. Cho’yan olishda toshko’mir koksidan chiqadigan Domna gazining o’rtacha tarkibi: uglerod (1U)- oksid (karbonat angidrid) 12-20%, uglerod (P)-oksid (is gazi) 20-30%, vodorod 1-4%, metan 0,5% gacha va azot 55-58%. Kislorod bilan tozalangan 1 metr kub Domna gazi yonganda 850— 1100 kkal issiqlik ajraladi. Domna gazidan turli pechlar va bug’ qozonlarini qizdirishda foydalaniladi.