DOMNA PECHI
DOMNA PECHI, domna — temir rudalaridan cho’yan olinadigan shaxta pech. Beton poydevorga o’rnatilgan tsilindrik kojuxdan iborat. Kojux ichiga pech tagligi (leshad) ni hosil qiluvchi o’tga chidamli g’isht terib chiqiladi. Pechning pastki qismida Gorn va furma bor. Gornda cho’yan va shlak oqib chiqadigan teshiklar qilingan. Shaxta tsilindrik koloshnik bilan tugaydi. Chuyan oqib chiqadigan teshik sathidan koloshnik yuqorisidagi yuklash konusigacha bulgan masofa Domna pechining foydali balandligi deyiladi. Ana shu balandlik orasidagi hajm foydali hajm deb ataladi. Foydali hajmdan foydalanish koeffitsienti Domna pechi ishining asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lib, u pechda 1 sutkada eritib olinadigan 1 tonna chuyanga tug’ri keladigan foydali hajmni ifodalaydi. U qanchalik kichik bo’lsa, pech shunchayaxshi ishlaydi. Yirik Domna pechining ish unumdorligi sutkasiga 10000 tonnadan ortiq.