EBONIT

EBONIT (Yunoncha eepoa — qora daraxt), qattiq rezina — tabiiy yoki sun’iy kauchukni oltingugurt (kauchuk massasiga nisbatan 30-50%) bilan vulkanizatsiyalashdan hosil bo’lgan mahsulot. Ebonitda bog’langan oltingugurt 32% ga yaqin, formulasi (S6N95)2. Ebonit qo’ng’ir yoki qora tusli; zichligi 1140 kg/m3, mexanik ishlovga oson beriladi, gigroskopik emas, gazlarni singdirmaydi, kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli, uglerod sulfid va neft mahsulotlarida erimaydi, parafinda 300° dan yuqori trada eriydi. 70— 80° da yumshaydi, soviganda yana qattiqlashadi, 200° dan yuqori temperaturada erimay ko’mirga aylanadi. Ebonit tayyorlash uchun nihoyatda toza kauchuk ishlatiladi. To’ldirgich sifatida Ebonit kukuni, talk, pemza, oq qurum va boshqalar ishlatiladi. Qora tusli Ebonitga oz miqdorda (3-5%) qurum qo’shiladi. Ebonit, asosan, elektrotexnika mahsulotlari, kislota va ishqorlar uchun idishlar tayyorlashda qo’llanadi.