Ekologiya
Ekologiya (yunoncha oykos — uy, makon, logos — fan) — organizmlar bilan tabiiy muhit o`rtasidagi aloqalarni, ularning o`zaro borliqligini o`rganuvchi fan. O`rta Osiyoni ekologik jihatdan o`rganishda ekologiyaning asoschilaridan D.N.Kashkarov va Ye. P. Korovinlarning roli kattadir. Hozirgi kunda ekologik tadqiqotlar tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilishda nihoyatda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga molikdir.