ELITA

ELITA (fr. elite – eng yaxshi, saralangan) — jamiyatda boshqaruv vazifalarini bajaruvchi, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi oliy imtiyozli ijtimoiy qatlamni anglatadi. Elita nazariyasi Platon, Karleyl, Nitsshe tomonidan olg’a surilgan bo’lsa ham, qarashlar tizimi sifatida XX asrda V.Pareto, G.Mosko, Ch.Mills va boshqalar tomonidan ta‘riflab berildi. Italiyalik olim V.Pareto fikriga ko’ra, elita terminining bosh g’oyasi ustunlikdir. Ya‘ni aql, xarakter, chaqqonlik singari xilma-xil qobiliyatlarga oliy darajada ega odamlar – elita deyiladi. Ushbu nazariyaga ko’ra, Elita tug’ma iste‘dodli odamlar orasidan paydo bo’ladi. Elitaning 5 toifasi – siyosiy, iqtisodiy, ma‘muriy, harbiy va mafkuraviy Elita ajratib ko‗rsatiladi. Ular bir-biriga moslashadi va totalitarizm vujudga kelishining oldi olinadi. Iqtisodiy Elitaga, jumladan, yirik biznesmenlar, sanoatning yetakchilari, moliya magnatlari kiritiladi, ular oldindan ko’ra bilish, tashabbuskorlik va ishbilarmonlik iste‘dodi bo’lgan shaxslar hisoblanadi. Elita nazariyasiga ko’ra, tashabbuskor va ishchan har qanday odam, ishi yurishib ketsa, Elitaga kirishi mumkin.