Eroziya nima?
Eroziya — tuproq sathi asta-sekin sidirilib boradigan jarayon. Semiz tuproq to’shiga yomg’ir yog’adi va daryo va jilg’alarga quyuq loyqani oqizib ketadi. Dalalardan tuproq tergalab yurgan shamol qum va changni haydab keladi. Daryolar va ko’llar bo’ylamasiga junbushga kelgan oqimlar, qirg’oqlar va sohillarga bosh urgan to’lqinlar qirg’oqlarni oqizib ketadi. Ular qoyatoshlarda qum va toshlarni yemiradi, qoyalarni qumga aylantiradi va ularni yanada uvada bo’laklarga ajratib tashlaydi. Shundan keyin aytilganlarning hammasi suv bilan dengizga tomon oqib ketadi. Aynan shu jarayon eroziyadir. Arizonadagi ulug’ Kan’on singari dunyoning ayrim mo’jizalarini vujudga keltirgani uchun undan minnatdor bo’lmog’imiz lozim. Ammo eroziya salbiy jihatlarga ham egadir. 30-yillarning oxirlarida u ming-minglab odamlarni boshpanasiz qoldirganicha Kanzas, Oklaxoma va Texasning unumdor tekisliklarini chang-to’zonga aylantirdi. Suv — dunyoda sodir bo’ladigan eroziyaning asosiy aybdori. U metin qoyalarning yoriqlariga sizib kiradi, muzlaydi-da, qoyalarni bo’laklarga yorib yuboradi. Buningdek ko’p yillik ta’sirdan keyin qoya tuproqqa aylanadi, so’ngra tuproqning o’zi ham yuvilib ketadi. Yomg’ir tuproqqa, u yetarlicha zaxlab bo’lguniga qadar singishadi. Ortgan suv yuza bo’ylab avvaliga jilg’a ko’rinishida oqadi, so’ngra daryoga yig’iladi. U hamisha tuproqni loyha tarzida o’zi bilan birga oqizib ketadi. Oqimlar asta-sekin, ko’p ming yillar davomida o’zlari oqadigan vodiylarni qazigan. Vodiylar kengaya boradi va tutashib ketadi. Eroziyaning kuchi ba’zida yerni dengiz sathi darajasiga qadar tekislaydi. Shamol ham eroziyaga yordam beradi, ammo u suvga qaraganda ancha sekin ta’sir qiladi. Qadim zamonlarda vodiylarning chekkalarini tekislagan muzliklar ham eroziyaga madad bergan. Amerika qishloq xo’jaligi eroziyadan jiddiy zarar ko’rdi. Fermerlar bebaho unumdor qatlam oqib ketayotganini tushunishmas yoxud uni qay tariqa to’xtatishni bilishmas edilar. Ular yerni shudgor qilishar va yuzaga ko’tarilgan tuproqoldi qatlami tez orada changga aylanar va shamolda uchib ketar edi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligini tashkil etishning yangi metodlari eroziyadan ko’riladigan talofatlarning oldini olishga yordam bermoqda. Bir tomondan, fermerlar endi chuqur omochlardan boshqa foydalanmay qo’yishdi. Ular bug’doy va jo’xori ildizpoyasini tuproqda qoldirishadi, bu esa tuproqni saqlab qolishga yordam beradi. Nishab joylarda ular maydonlarda yuqoridan pastga qarab shudgor qilish o’rnida qiyalik bo’ylamasiga ishlov berishadi. Bu kontur yer haydash deb yuritiladi va bunda u qiyalikdan oqib tushish mumkin jo’yaklarni qoldirmaydi. Endilikda fermerlar qimmati baland tuproqni saqlab qolishga imkon beradigan va suv va shamol uni sovurishiga yo’l qo’ymaydigan bir talay usullarni o’zlashtirib olishdi.