EVENK TILI

EVENK TILI, tungus tili tungus-manjur tillaridan biri; Rossiya Federatsiyasida Sharqda Oxota dengizi sohillaridan G’arbda Yenisey daryosigacha, shimolda shimoliy muz okeanidan Janubiy da Baykalbo’yi va Amurgacha bo’lgan ulkan hududda, shuningdek, XXR va Mo’g’ulistonda tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 65 ming (Rossiya Federatsiyasida 30 ming, XXRda 35 mingga yaqin, Mo’g’ulistonda 3 ming) kishidan ortiq (o’tgan asrning oxirlari). Lahjalari 3 asosiy guruhga bo’linadi: shimol, Janub va Sharqiy. Sezilarli tafovutlar, xilmaxilliklarga qaramay, bu lahjalar muayyan darajada boshqa tungus-manjus tillariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlar majmui bilan birlashganlar, hatto ba’zi olimlar Solon va negidal tillarini Evenk tilining lahjalari deb hisoblaydilar. Adabiy tilga Janub lahjaning nep shevasi, 1953 yildan esa poligus shevasi asos bo’lgan. Yozuvi 1931 yildan lotin grafikasi, 1936 yildan esa rus grafikasi asosida shakllangan.