FARADOMETR

FARADOMETR, faradmetr (farada va …metr) — sanoat chastotasidagi o’zgaruvchan tok elektrotexnika buyumlari (kondensatorlar, kabellar va b.)ning elektr sig’imini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Faradometrda bevosita o’lchovchi mexanizm sifatida elektromagnit, elektrodinamik yoki ferrodinamik logometr qo’llanilgan. Bu Faradometrlarning shkalalari mkf va PF da darajalanadi. Magnitoelektr o’lchash mexanizmli Faradometrlar ham bor.