FAULER UILYAM ALFRED

FAULER UILYAM ALFRED (1911.9.8, Pittsburg — 1995) — amerikalik fizik. AQSH milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1956). Ogayo universiteti (1933) va Kaliforniya texnologik institutini (1936) tugatgan. Shu institutda 1936 yildan ishlagan. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, yadro astrofizikasi va kosmologiyat oid. Quyoshning neytrino oqimini hisoblagan va ularni qamrash tezligini aniklagan. Koinotda kimyoviy elementlarning paydo bo’lish nazariyasini yaratgan. Nobel mukofoti laureati (1983).