FEODOSIY I

FEODOSIY I, Buyuk (Theodosius) (taxminan 346-395) — Rim imperatori (379 yildan). 380 yil ortodoksal xristianlik hukmronligini o’rnatgan, arianlar va majusiylarni quvg’in qilgan. Uning davrida Olimpiya o’yinlari (majusiylarga xos deb) bekor qilingan. Aleksandriya kutubxonasi va majusiylarning ko’plab ibodatxonalari yondirib yuborilgan.